Maxfiylik siyosati

Bu matn MVP bosqichi uchun tayyorlangan. Shaxsga doir ma’lumotlarni saqlash joyi va muddati bo‘yicha yuridik xulosa olingach, rasmiy versiya e’lon qilinadi.

Qanday ma’lumot yig‘amiz

  • Telefon raqami — hisobga kirish va savdo kelishuvidan keyin kontragentga ko‘rsatish uchun.
  • Ism, familiya, xo‘jalik nomi, hudud va o‘zingiz yozgan tavsif.
  • E’lonlar, rasmlar, xarid talablari, takliflar va buyurtma so‘rovlari.
  • Xavfsizlik uchun texnik ma’lumotlar: IP manzil asosida so‘rovlar soni cheklovi, amallar jurnali.

Kim ko‘radi

  • E’lon va talablaringiz hammaga ochiq, lekin telefon raqamingiz ochiq ko‘rsatilmaydi.
  • Telefon raqamingiz faqat siz qabul qilgan buyurtma yoki siz tanlagan/sizni tanlagan taklif tomoniga ko‘rinadi.
  • FERMEX xodimlari moderatsiya va yordam uchun ma’lumotlarni ko‘rishi mumkin; har bir muhim amal jurnalga yoziladi.

Nima qilmaymiz

Ma’lumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun uchinchi shaxslarga bermaymiz. SMS kodlar faqat xeshlangan holda saqlanadi.

Sizning huquqlaringiz

Profil ma’lumotlarini kabinetda istalgan vaqtda o‘zgartirishingiz mumkin. Hisobni o‘chirish yoki ma’lumotlaringiz nusxasini olish uchun FERMEX bilan bog‘laning.