Bu matn MVP bosqichi uchun tayyorlangan va yurist tomonidan hali ko‘rib chiqilmagan. Rasmiy ishga tushirishdan oldin yangilanadi.
1. FERMEX nima
FERMEX — fermerlar, ta’minotchilar va xaridorlarni bog‘lovchi onlayn e’lonlar va xarid talablari platformasi. FERMEX savdoning tomoni emas: mahsulotni sotmaydi, sotib olmaydi, saqlamaydi va yetkazmaydi.
2. Hisob
Hisob telefon raqami orqali SMS kod bilan ochiladi. Bitta raqam — bitta hisob; u bilan ham sotish, ham xarid qilish mumkin. Hisobingiz orqali qilingan amallar uchun siz javobgarsiz.
3. E’lonlar va talablar
- E’londagi mahsulot, miqdor, sifat, narx va joylashuv to‘g‘ri bo‘lishi shart. Mavjud bo‘lmagan mahsulotni joylash taqiqlanadi.
- Narx so‘mda, ko‘rsatilgan o‘lchov birligi uchun beriladi.
- Qonunga zid, chalg‘ituvchi yoki boshqa shaxs nomidan joylangan e’lon va talablar ogohlantirishsiz bloklanadi.
4. Buyurtma so‘rovi va takliflar
Buyurtma so‘rovi yoki narx taklifi — tomonlar o‘rtasida muloqotni boshlash uchun. Sotuvchi so‘rovni qabul qilgach yoki xaridor taklifni tanlagach, tomonlar bir-birining telefon raqamini ko‘radi. Yakuniy shartnoma, to‘lov, sifat qabuli va yetkazish tomonlar o‘rtasida bevosita kelishiladi.
5. To‘lov
Hozircha FERMEX orqali to‘lov qabul qilinmaydi va platforma pul mablag‘larini saqlamaydi. Oldindan to‘lov qilishda ehtiyot bo‘ling.
6. Javobgarlik
FERMEX foydalanuvchilar e’lon qilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini, mahsulot sifati va bitim bajarilishini kafolatlamaydi. Nizolar tomonlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.
7. Bloklash
Shartlarni buzgan hisoblar, e’lonlar va talablar cheklanishi yoki bloklanishi mumkin.